REGISTONda o’ziga xos bitiruv kechasi!

REGISTONda o’ziga xos bitiruv kechasi!

“Registon” o’quv markazi o’quvchi abituriyentlari diqqatiga!
Hurmatli abituriyentlar! Mana, nihoyat bir yil davomida olgan bilimlaringizni namoyon qiladigan payt – DAVLAT IMTIXONIga juda oz vaqt qoldi!
Endi oldingizda “hijjalab yig’ilgan bilimlaringizni qo’llay olish” dek muhim vazifa turganligini his qilayotganligingiz bizni xursand qiladi albatta. Lekin, yillar davomida to’plangan tajribadan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, siz abituriyentlarda sizni qo’rqituvchi, o’zingizga nisbatan ishonchsizlik tug’diruvchi, hayajon va vahima tobora qamrab borayotganligidan biz ham xavotirga tusha boshlaymiz.
Aslida bu holatda siz irodangizni boshqarishingiz, o’zingizga 100 % ishonishingiz muhim va shart!

Registon“da “Talabani avgustda sanaymiz” degan ajoyib maqol bor. Yil davomida abituriyentlarning barchasi tinimsiz mehnat qildi, shu mehnat sarhisob qilinadigan muddat ham yaqin qoldi. Mana, O’sha barcha kutgan finishdan bir qadam beridamiz. Hurmatli abituriyentlar, imtihon oldi hayajonlari sizni bezovta qilyaptimi? Bir yillik mehnatingiz natijasi qanday baholanishini o’ylab bezovtamisz? Biz sizni bu bezovtalikdan xalos etmoqchimiz. Aksariyat abituriyentlar imtihonda barcha narsani bilim hal qiladi deb o’ylaydi. To’g’ri, imtihonda bilim katta narsani hal qiladi, lekin hamma narsani emas. Sizdagi bilimni kafolatlab bera oladigan eng katta kuch bu-sizning ruhiyatingiz. Ushbu ruhiyatni maksimal darajaga ko’tarishda esa biz sizga yordam beramiz. 31-iyul kuni soat 09:00 da Respublika Dizayn kollejida o’tkaziladigan psixologik treningda ishtirok eting va kayfiyatingizning maksimalligiga erishing. Ushbu trening sizda bilimlaringizga va o’zingizga bo’lgan ishonchning mustahkamlanishiga katta yordam beradi. Unutmang, maqsadi aniq, o’ziga ishonchni baland abuturiyent yarim talabadir.

Shu munosabat bilan 31 – iyul kuni soat 9.00 da Respublika Dizayn kolleji tadbirlar zalida
maxsus psixolog trenir ishtirokida MAXSUS IMTIXON OLDI PSIXOLOGIK TRENING gida taklif etamiz!
(Imtixondagi qo’rquv, xavotir, hayajon, vahima va ishonchsizlik olib tashlanadi va omadning 7 kaliti o’tib beriladi).

Barcha Registon o’quv markazi abituriyentlari ushbu treningda qatnashishi lozim! Sizning imtihondagi yuqori natijangiz biz uchun juda muhim.

 Treningdan so’ng OYLIK TEST larda yuqori ball olib kelgan o’quvchilar taqdirlanadi
 Badiiy va musiqiy chiqishlar ham ushbu dasturdan o’rin olgan.

 

Manzil: