Sirtqi o’qish. Sirtqi bo’limda o’qishga qabul qanday kechadi?

Sirtqi o’qish. Sirtqi bo’limda o’qishga qabul qanday kechadi?

[vc_row][vc_column][vc_column_text]

Kimlar sirtqi o’qish bo‘limlarda o‘qishi mumkin?

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 5-maydagi «2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq maxsus sirtqi bo‘lim negizida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda bilim olishni ta’minlash maqsadida mamlakatimizdagi qator oliy ta’lim muassasalarining maxsus sirtqi bo‘limlarida bakalavrlarni tayyorlash nazarda tutilgan. 

Sirtqi o’qish bo‘limga hujjat topshirish uchun abituriyent kasb-hunar kollejining mos yo‘nalishida tahsil olgan, kamida uch yil shu sohada ishlagan bo‘lishi kerak. Abituriyentdan o‘zi ishlayotgan tashkilotdan tavsiyanoma olib kelish talab etiladi.

“O‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga hamda kamida 3 yil pedagogik amaliy ish stajiga hamda vazirliklar va idoralar tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega shaxslar maxsus sirtqi o’qish bo‘limda o‘qishga qabul qilinadi. Bu faqat pedagogik ta’lim yo‘nalishida o‘qish imkoniyati yaratilgan bo‘lib, sirtqi ta’lim to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. O‘quv shakli esa ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot berish sirtqi ta’lim shaklida tashkil etiladi. Bu holatda o‘qish bakalavriatning 2 kursidan boshlanadi va kamida 3 yil muddatni tashkil etadi”, deya vakil so’zlarini keltirgan Kun.uz.

Madamin Orifjonovning ta’kidlashicha, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab quyidagi OTMda pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus sirtqi o’qish bo‘limlar ochilgan:

  • Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti;
  • Andijon davlat universiteti;
  • Buxoro davlat universiteti;
  • Guliston davlat universiteti;
  • Qarshi davlat universiteti;
  • Namangan davlat universiteti;
  • Samarqand davlat universiteti;
  • Termiz davlat universiteti;
  • Urganch davlat universiteti;
  • Farg‘ona davlat universiteti;
  • Jizzax davlat pedagogika instituti;
  • Navoiy davlat pedagogika instituti;
  • Nukus davlat pedagogika instituti;
  • Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
  • Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti;
  • Toshkent arxitektura-qurilish instituti;
  • Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti;
  • Namangan muhandislik-qurilish instituti

Sirtqi o’qish bo‘limda o‘qiyotgan talabalarga imtihonlar, sinovlar topshirish, diplom, kurs, laboratoriya va boshqa o‘quv ishlarini bajarish vaqtida ularning oylik maoshlari asosiy ish joyida saqlangan holda 2 marta o‘quv ta’tillari beriladi. Har bir ta’tilning muddati – 1 oy.

sirtqi o'qish

Qoidaga ko‘ra, ta’til umumta’lim muassasalaridagi qishki va yozgi ta’til vaqtiga to‘g‘ri kelgan davrda beriladi. Bunda ularga belgilangan tartibdagi yillik mehnat ta’tillarini berish tartibi ham saqlanib qoladi. Talabalarning oliy ta’lim muassasasida o‘qishda bo‘lgan davriga to‘g‘ri keladigan dars soatlari o‘qishga yuborgan ta’lim muassasasining o‘qituvchilari (xodimlari) tomonidan mehnatga soatbay haq to‘lash shartlari asosida o‘tiladi.

Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi 2018/2019 o‘quv yili uchun:

oliy ta’lim muassasalari maxsus sirtqi o’qish bo‘limlarida o‘qish uchun tavsiyanoma beruvchi vazirliklar va idoralar ro‘yxatini;

maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari ehtiyojlari asosida vazirliklar va idoralar tomonidan berilgan takliflarni inobatga olgan holda maxsus sirtqi o’qish bo‘limlarga qabul kvotalarini;

maxsus sirtqi o’qish bo‘limlarga qabul qilish tartibi va mezonlari hamda

uch tomonlama shartnoma shaklini tasdiqlaydi.[/vc_column_text][/vc_column][/vc_row][vc_row][vc_column][vc_raw_html]JTNDaWZyYW1lJTIwd2lkdGglM0QlMjI2NDAlMjIlMjBoZWlnaHQlM0QlMjIzNjAlMjIlMjBzcmMlM0QlMjJodHRwcyUzQSUyRiUyRm1vdmVyLnV6JTJGdmlkZW8lMkZlbWJlZCUyRmp2YkdtSzFtJTJGJTIyJTIwZnJhbWVib3JkZXIlM0QlMjIwJTIyJTIwYWxsb3dmdWxsc2NyZWVuJTNFJTNDJTJGaWZyYW1lJTNF[/vc_raw_html][/vc_column][/vc_row]