Ingliz tilini kimdan o’rganish mumkin?

Globallashuv jarayoni qamrab olgan dunyoda nimagadir erishmoqchi bo’lgan har bir inson uchun hozirda bir yoki bir nechta chet tilini mukammal o’rganish talab etilmoqda.  Chet tilini o‘rganish bo‘yicha  o‘nlab, balki yuzlab usul va uslublar taklif etilmoqda. Oddiy misol, “Registon” o‘quv markazida faoliyat olib borayotgan barcha chet tili o‘qituvchilarining tilni mukammal o‘rgatish bo‘yicha o‘z metodlari mavjud bo‘lib biz  bir nechasi bilan tanishamiz:

Tajribali o‘qituvchi  Shahboz Qurbonov o‘quvchilarni tilni bilish darajasiga qarab mos guruhlarga ajratish va ularni maqsadiga ko‘ra o‘qitishni yoqlaydi. Shuningdek, har bir o‘rganuvchining ichki imkoniyatlarini ishga solib, tilni tez va oson o‘rganishda ruhiy  kuch-quvvatga ham e’tiborli bo‘lish zarur deb hisoblaydi.  Shunga ko‘ra:

  • Intermediate bosqichdagilar uchun 3 oylik IELTS’gacha — STEADY IELTS;
  • Upper-Intermediate va Advanced bosqichdagilar uchun 2 oylik IELTS’gacha — SMOOTH IELTS;
  • IELTS 5,5 va yuqori balga ega kandidatlar uchun 1 oyda 1 ball yuqori olishga qaratilgan — RAPID IELTS kabi kurslar mavjud.

Maxsus tashkil etilgan kurslarda til o‘rganuvchilar eng so‘nggi innovatsion dasturlar asosida ta’lim oladilar. Qisqacha IELTS instruktor haqida:

Butun  Toshkent shahri, qolaversa Respublikamizda yetakchi mutaxassis bo‘lgan Shahboz Qurbonov 1-iyulgacha yangi guruh tashkil etmoqda. Ro‘yxatga olish allaqachon boshlangan. Shoshiling joylar soni cheklangan!

O‘z uslubi orqali tanilgan malakali o‘qituvchi  Mahmudov Diyorbek  barcha til o‘rganish metodlarini jamlagan holda maxsus tizimli dastur  ishlab chiqqan bo‘lib, unga ko‘ra asosiy e’tibor so‘z boyligi hamda uni ishlata olish qobilyatini o‘stirishga qaratilgan. “So‘z bilish grammatikadan ko‘ra muhimroq sanaladi va aynan yangi so‘zlarni o‘zlashtirish odamda qiyinchilik tug‘diradi. Lekin to‘g‘ri tanlangan  taktika orqali siz yangi so‘zlarni tez va samarali yodlashingiz mumkin” deb hisoblaydi, Diyorbek Mahmudov.

Yangi so‘zlarni o‘zlashtirish uchun Diyorbek Mahmudov  aynan “mnemonic” (xotira mashqi)ni til o‘rganishda qo‘llashni samarali ekanligini isbotlagan. Ko‘pgina til o‘rganuvchilar so‘zlarni bilishadi,  lekin ularni amalda, og‘zaki nutqda, qo‘llay olishmaydi, buning sabablari bor. Ular so‘zlarni o‘zini yodlab borishadi, aslida so‘z birikmalarini xotirada saqlash muhimroq sanaladi. Aynan shu yo‘l orqali  ingliz tilida ravon gapira olish mumkinligini mutaxassis o‘z dasturida asoslagan hamda amalda qo‘llab bormoqda.

Mutaxassisning dasturi asosida so‘z yodlashda amal qilinadigan  usullar:

  • So‘zlarni emas, so‘z birikmalarini (collocation) yodlashingiz;
  • O‘zingiz uchun mavzularga oid “mind maps” tuzib olishingiz va ularni aynan og‘zaki nutqda ishlatishingiz;
  • Kerakli bo‘lgan so‘zlarni yodlashingiz zarur. Chunki og‘zaki nutqda ravon gapirish uchun 3000 ta gacha so‘z bilish yetarli,  lekin IELTS’dan yuqori ball olish niyatingiz bo‘lsa, buni yanada oshirishingiz kerak.

Quyida “Mind maps” nima ekanligiga  misol keltirilgan:

Barcha darslar maxsus tuzilgan reja asosida olib boriladi. Bu rejaga ko’ra:

Levels Duration Classes Extras
Beginner 1 month 14  (21 hours) Reading/Speaking
Elementary 2 months 28  (42 hours) Reading/Speaking
Pre-intermediate 2 months 28  (42 hours) Reading/Speaking/Writing/Listening
Intermediate 2 months 28  (42 hours) Reading/Speaking/Writing/Listening
Pre-IELTS 2 months 28  (42 hours) Reading/Speaking/Writing/Listening
IELTS 1 month 14  (21 hours) Reading/Speaking/Writing/Listening

 

Qo‘shimcha ravishda har yakshanba kunlari IELTS va umumiy ingliz tili o‘rganuvchilar uchun quyidagilar rejalashtirilgan:

  1. Understanding the writing ( academic writing secrets, tips and practice) — 3 soat
  2. Exchanging ideas and debate on modern interesting topics ( speaking skills) — 3 soat
  3. Inspirational psychological training courses and listening practice — 3 soat
  4. Mock IELTS exam — 3 soat

All Sundays are enriched with video lessons and entertaining activities                             

O‘z uslubi bilan tanilgan Diyorbek Mahkamov 1-iyulgacha yangi guruh tashkil etmoqda. Ro‘yxatga olish allaqachon boshlangan. Shoshiling joylar soni cheklangan!

 
 
Summary
Xabarni do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *