Assalomu alaykum Registon o’quv markazi sayti o’quvchilari! Bugun sizlarga Imtihondan avval ko’pchilikda yuzaga keladigan va eng ko’p beriladigan savollarga javoblarni taqdim etamiz. Ushbu javoblar rasman DTM tomonidan berilgan.
Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani to‘g‘risida belgilangan tartibda tasdiqlangan test sinovlari natijalari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi hamda oliy ta’lim muassasalariga yetkaziladi.
Bakalavriatga test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali o‘qishga qabul qilish bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari RO‘YXATI
№ | Bilim va ta’lim sohalari, ta’lim yo‘nalishlari | |
---|---|---|
Nomi | Kod | |
GUMANITAR SOHA Pedagogika |
100 000 110 000 |
|
1. | Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi | 5110800 |
2. | Musiqa ta’limi | 5111100 |
3. | Jismoniy madaniyat | 5112000 |
San’at | 150 000 | |
4. | Bastakorlik san’ati | 5150100 |
5. | San’atshunoslik (turlari bo‘yicha) | 5150200 |
6. | Aktyorlik san’ati (turlari bo‘yicha) | 5150300 |
7. | Rejissyorlik (turlari bo‘yicha) | 5150400 |
8. | Dirijyorlik (turlari bo‘yicha) | 5150500 |
9. | Vokal san’ati (turlari bo‘yicha) | 5150600 |
10. | Cholg‘u ijrochiligi (turlari bo‘yicha) | 5150700 |
11. | Rangtasvir (turlari bo‘yicha) | 5150800 |
12. | Dizayn (turlari bo‘yicha) | 5150900 |
13. | Haykaltaroshlik (turlari bo‘yicha) | 5151100 |
14. | Amaliy san’at (turlari bo‘yicha) | 5151200 |
15. | Xoreografiya (turlari bo‘yicha) | 5151300 |
16. | Xalq ijodiyoti (turlari bo‘yicha) | 5151600 |
XIZMATLAR SOHASI Xizmat ko‘rsatish sohasi |
600 000 610 000 |
|
17. | Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) | 5610500 |
Izoh. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan mazkur ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi davlat namunasidagi B1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega bo‘lgan abiturientlarga ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatni qabul jarayonida taqdim etganda oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kirish test sinovlari fanlar majmuasiga chet tili fani (ingliz, fransuz, nemis) kiritilgan yo‘nalishlarda mos chet tili fanidan belgilangan maksimal ball beriladi va ular chet tili fanidan test sinovi topshirmaydi.
Test sinovlari o‘tkaziladigan xududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilganda, olib kirganda yoki ulardan test sinovlari davomida foydalanganda; test materiallarini boshqa abiturientga uzatganda yoki ularga yordam berganda; test materiallarini binodan tashqariga olib chiqqanda, test topshiriqlari kitobi varag‘ini yirtganda; test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng test materiallarini topshirishdan bosh tortganda; test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali abiturientning tartib va qoidalarga amal qilmagan holatlar abiturient test sinovlari jarayonidan chetlashtirilishiga sabab bo‘ladi.
Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abiturientlar 20 avgustdan 30 avgustgacha (belgilangan ish vaqtiga muvofiq, dam olish kunlarisiz o‘n bir kalendar kuni ichida) bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan apellyasiya komissiyasiga Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi 261-son “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” qarorining 1-ilovasidagi Nizomga muvofiq yozma yoki elektron shaklda apellyasiya shikoyatini berish huquqiga ega. Abiturientga apellyasiya shikoyati qabul qilinganligi to‘g‘risida uch ish kuni ichida xabarnoma beriladi. Apellyasiya shikoyati Davlat test markazida hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘limlarida qabul qilinadi.