Qanday qilib inglizcha so’zlarni o’zlashtirish mumkin: eng qulay va zamonaviy usullar

Inglizcha so’zlarni tez va oson o’zlashtirishni istaysizmi? Registon o’quv markazi sizga qancha so’z bilish, u so’zlarni qayerdan o’rganish, qanday qilib yod olish va umuman qanday o’rganish haqida aytib beradi. Quyidagi tavsiyalarning bir qanchasiga amal qlish orqali ham siz so’z boyligingizni sezilarni darajada ko’tara olasiz.

Mundarija:

  1. Qancha inglizcha so’z bilish kerak?
  2. Yangi inglizcha so’zlarni qayerdan olish kerak?
  3. Yangi so’zlarni o’zlashtirish usullari
  4. Inglizcha so’zlarni samarali o’zlashtirish uchun amaliy tavsiyalar

Barchani bir savol qiziqtiradi: “Qanday qilin inglizcha so’zlarni o’zlashtirish mumkin?” Qancha ko’p so’z bilishimiz bizga quyidagi imkoniyatlarni beradi: biz sevimli iflmlarimiznin inglizcha ko’rib tushuna olamiz, biz inglizcha asarlarni o’qiy olamiz, har qanday inglizcha yozuvlarni tushuna olamiz, ingliz hamkorlarimiz shartnomada nima demoqchi ekanligini aniq tushunamiz.  Bugun biz sizga inglizcha so’zlarni samarali o’zlashtirish uchun asqotadigan eng zo’r texnikalar haqida so’zlab beramiz.

QANCHA INGLIZCHA SO’Z BILISH KERAK?

Avvaliga siz maxsus testdan o’tib o’z so’z boyligingizni aniqlab olishingiz kerak. Bunda quyidagi testlardan foydalanishingiz mumkin:  Online English Vocabulary Size Test (Start tugmasini bosib boshlaysiz) yoki Test Your Vocab. Test sizga tahminiy so’z boyligingizni ko’rsatadi va uni ingliz tilida so’zlashuvchi kishi darajasi bilan solishtirib beradi. Suhbatlashish uchun o’rtacha 3000-4000 ta so’z yetarli bo’ladi.

Ammo sizni ogohlantirib o’tamiz, yuqoridagi test natijalariga tayanib qolmang, ular qisqa sinovlar orqali tahminiy natijalar beradi holos.

Endi esa keeling, qanday inglizcha so’zlarni bilib olishingiz kerakligini aniqlashtiraylik:

Inglizchani tushunish uchun zarur bo’ladigan bazaviy so’zlar. Hammaga tanbish eski mavzular bor, masalan “Salomlashish”, “Oila”, “Taomlar” — ularni har bir kishi bilishi lozim.

Aynan siz uchun kerak so’zlarni o’zlashtiring. Agar ingliz tili sizga ish uchun kerak bo’lsa, biznes va ishga taaluqli so’zlarni ko’proq o’rganing. Yoki undan ham tor doiradagi soha bo’yicha siz dasturchi bo’lsangiz, dasturashga doir so’zlarni o’ganing. Agar siz sayohatchi bo’lsangiz, turistik lug’atni o’zlashtiring.

Barcha inglizcha so’zlarni o’rganish imkonsiz, umuman olganda foydasi ham yo’q. Agar siz doctor bo’lmasangiz, sizga tibbiyotga doir so’zlar nimaga kerak? Doktor House serialini ko’rish uchunmi? Qo’ysangizchi! Markazimizning tajribali o’qituvchilari bilan maslahatlashing, ular sizning maqsadingizdan kelib chiqib kerakli so’zlar bazasini tavsiya qiladi.

YANGI INGLIZCHA SO’ZLARNI QAYERDAN OLISH KERAK?

  1. Sevimli filmlar, seriallar, qo’shiqlar, eshittirishlar va albatta kitoblar

Bu usul sizni zeriktirmasdan ushlab turuvchi ajoyib usul. Agar siz allaqachon inglizcha filmlar ko’rishni boshlagan bo’lsangiz, albatta u yerdan yangi so’zlar o’rganish kerak.  Inglizcha subtitrli filmlarni ko’rishingiz mumkin. Hozir texnologiyalar shunchalik rivojlanganki ikki tilli subtitrli filmlarham mavjud. Bulardan foydalaning, ham zavqlaning, ham so’zlar o’rganing. Notanish so’zni uchratishingiz bilan uni tezda o’zlashtirib oling.

Juda ko’p inglizcha qo’shiqlar matnini va tarjimasini Amalgama saytidan topishingiz mumkin. Yoki shunchaki google qidiruv tizimida qo’shiq nomidan so’ng “lyrics” so’zlarini qo’shishingiz kifoya.

  1. Maxsus darsliklar

Darsliklar sizga nafaqat yangi so’zlarni o’zlashtirish uchun, balki u so’zlarni kerakli joyda kerakli kontekstda qo’llashga ham yordam beradi. Darsliklarning eng afzal tomoni shundaki, u yerda so’zlar ro’yxat va guruh sifatida berilishi, hamda ularning ishlatilishi misollar bilan keltirilishi mumkin.  Biz ingliz tili darsliklari haqida alohida post tayyorlashni rejalashtirmoqdamiz. Saytimizni kuzatib boring, tez kunlarda taqdim etamiz.

  1. Lug’at yoki tez tez uchraydigan so’zlar

Duch kelgan yangi so’zlarni yodlash shartmi degan savol tug’iladi. Balki u muomiladan chiqib ketgan yoki juda kam uchraydi. Siz tez tez ishlatiladigan so’zlar lug’atiga murojaat qilishingiz mumkin. U so’zlar ingliz tilida so’zlashuvchilar orasida eng ko’p qo’llaniladi. Sizga Oxford lug’atlarini tavsiya qilamiz: “The Oxford 3000 British Dictionary” va “The Oxford 3000 American Dictionary”Bu har qanday ingliz tilida so’zlashuvchi kishi bilishi shart bo’lgan eng zarur 3000 ta so’z. Bu so’zlar sinchkovlik bilan tilshunoslar va olimlar tomonidan terib chiqilgan. Oxford lug’atlarida kalit bilan belgilangan so’zlarni bilib olishingiz mumkin.

YANGI SO’ZLARNI O’ZLASHTIRISH USULLARI

  1. So’zlar yozilgan kartochkalar

Bu usul sizga eskidek tuyulishi mumkin, lekin u o’sha o’sha avvalgidek juda samarali. Har qanday ingliz tili o’rganuvchi kishi kartochkalar yordamida so’z yodlashga urinib ko’rgan. Bu juda qulay va oson: pul sarflamaysiz, ularni o’zingiz tayyorlaysiz, doimo o’zingiz bilan olib yurishingiz mumkin.

Kartochkalar tayyorlashdan oldin yaxshi lug’at tanlab olishingiz kerak bo’ladi, bu nimaga kerak:

  • Tarjimalar qilib olishga
  • So’z qo’llaniladigan so’z birikmalarini bilib olish uchun
  • Misollarni bilib olish uchun

Undan keyin aniqlab olish kerak siz qog’oz kartochkalar ishlatasizmi yoki elektron?

Qog’oz kartochkalar

Sizga rangli bloklar ishlatishni tavsiya qilamiz, masalan yashil rang bu bitta “Oila” mavzusi. Yangi o’rganayotganlar quyidagilardan birini tanlashi mumkin:

Kartochkaning bir tomonida inglizcha so’z, ikkinchi tomoniga o’zbekcha so’z. Bilimlarimizni tekshiramiz, so’zlarni o’zbekchadan inglizchaga, inglizchadan o’zbekchaga tarjima qilamiz.

Birinchi tomonga inglizcha so’z yozamiz va rasm yopishtiramiz, ikkinchi tomonga o’zbekcha tarjimasini yozamiz. Bu ongingizni suratlar orqali assotsatsiya qilib ishlashga undaydi va eslab qolish oson bo’ladi.

Bir tomoniga inglizcha so’zni o’zbekcha gap ichida yozamiz, orqa tomoniga o’sha inglizcha so’z tarjimasini yozamiz. Gapni o’qib uning ichidagi notanish so’z sizga tanish bo’lib boraveradi.

Tajribasiz yetarli o’rganuvchilar uchun ingliz tili izohli lug’atini tavsiya qilamiz, masalan Macmillan. Bir tomoniga inglizcha so’z, ikkinchi tomoniga uning inglizchada izohi. Antonim va sinonimlarni ham birga yozib ketishingiz mumkin.

So’zning gapda ishlatilishini qanday o’zlashtirish mumkin? Eng yaxshi usul bu so’zni gap ichida o’zlashtirish. Kartochkaning bir tomoniga inglizcha so’z, ikkinchi tomoniga o’sha so’z ishlatilgan gap misol keltirib keting. Misol gaplarni ABBYLingvo dasturidan topishingiz mumkin.

Elektron kartochkalar

Agar siz kompyuterda ko’p o’tirsangiz ishchi stolga stikerlar yarating va unga yangi so’zlar yozib qo’ying, bir necha kundan so’ng u so’zlar sizga tanish bo’lib ketadi.

Elektron lug’at kartochkalarni yaratish uchun Quizlet servisini tavsiya qilamiz. Unda yangi so’zlarni turli usullarda o’rganish mumkin: 4 variantdan to’g’risini tanlash, gapda bo’sh joylarni to’ldirish va so’zlar bilan o’yinlar. O’z rivojlanish darajangizni kuzatib borishingiz mumkin. Quizlet dasturini Android yoki IOS uchun yuklab olishingiz mumkin.

Kartochkalar bilan doimiy ishlash kerak, yangi so’zlarni qaytaring, so’zlarni almashtiring, 1-2 hafta o’tgach eski so’zlarni yana qaytaring. Natija siz kutganingizdan yaxshiroq bo’ladi.

  1. Lug’at daftarcha

Bu usul kartochkalarni yo’qotib qo’yuvchilar uchun to’g’ri keladi. ))

Siz daftarchani o’zingizga qulay tarzda tashkillashtirishingiz mumkin. Biz sizga optimal variantini misol keltiramiz: Yuqori qismiga so’zlarni qaytarish sanasini yozing, so’zlar sedan chiqmasligi uchun ulani doimiy takrorlang va ishlatib turing.

Bugun qaytarish: 02.05.2018 – 15 daqiqa o’tgach, 1 soatdan keyin, 3 soatdan keyin.
Keyingi qaytarishlar: 02.05.2018, 04.05.2018, 08.05.2018, 15.05.2018, 29.05.2018, 29.06.2018
learning o’rganish
check belgilash, tekshirish
read o’qish
repeat qaytarish
task topshiriq

 

  1. Xotira xaritasi

Agar siz xotirangizda xarita chizsangiz guruh so’zlarni tez va oson o’rganasiz, Sherlok Holms filmini ko’rgan bo’lsangiz u doim “Miyya omborxonasi”ni ishlatadi. Siz bu xaritani chizish bilan o’sha so’zlarni eslab qolasiz va ular o’zicha yoddan ko’tarlib ketmaydi, tizimli ravishda xotirada qoladi. Masalan quyidagicha:

Bunday xaritani chizish uchun Coggle servisini tavsiya qilamiz. O’zingiz chizgan xotira xaritasini do’stlaringiz bilan bo’lishishingiz mumkin va .pdf yoki .png shaklida saqlab olishingiz mumkin.

  1. O’rgatuvchi sayt va dasturlar

Yangi so’zlarni o’zlashtirish uchun englishteststore.net resursini tavsiya qilamiz, bundan tashqari www.rgn.uz saytini kuzatib boring, Blog bo’limida eng zarur so’zlar mujassam qilingan maqolalar bilan bo’lishib boramiz.

Yo’lda, navbat kutishda yoki bo’sh vaqtingizda telefondan unumli foydalaning. Ingliz tilini o’rganish uchun eng yaxshi va bepul mobil ilovalarni “Ingliz tilini o’rganish uchun mobil ilovalar TOP 10 taligi” maqolamizdan topishingiz mumkin.

O’zgarishni sezish uchun kuniga 15-20 daqiqa shug’ullanishning o’zi yetarli.

INGLIZCHA SO’ZLARNI SAMARALI O’ZLASHTIRISH UCHUN AMALIY TAVSIYALAR

  1. Mavzu bo’yicha so’zlarni umumlashtiring

Qanday qilib inglizcha so’zlarni eslab qolish mumkin? Bir mavzuga tegishli so’zlar guruhini eslab qolish aslida ancha oson. Shuning uchun so’zlarni guruhlarga bo’lib o’rganishni tavsiya qilamiz.

Restorff effekti degan narsa haqida eshitganmisiz? Inson miyyasi guruh ichida eng ajralib turgan so’zlarni eslab qolishga moyil.

  1. Bog’likliklar va shaxsiy taaluqlilikdan foydalaning

Bu usulni ko’pchilik yoqtiradi, bir so’zni eslab qolish uchun uni boshqa siz biladigan so’zlar bilan bog’lash kerak. Masalan donkey (eshak) so’zini Don Kixot va uning uning do’sti Sanchoning eshagini tasavvur qiling. So’z xotirangizga qiziqarli va mustahkam o’rnashadi.

  1. O’zlashtirilgan so’zni gapda foydalaning.

Qanday qilib inglizcha so’zni o’zlashtirish va uni esdan chiqarmaslik mumkin? Siz “use it or lose it?” (Foydalanasanmi yoki yo’qotasanmi?) degan qoidani bilasizmi? So’zlar xotirada mustahkam qolishi uchun uni ishlatish (use) kerak. Eng yaxshi mashg’ulot bu o’zlashtirilgan so’zlarni qisqa hikoyalar tuzib ishlatish.

Yangi so’zlarni o’zlashtiring va ularni bizning “So’zlashuv uchun Ingliz tili” kurslarida ishlating.

  1. So’zlaringizni muntazam tekshirib turing

Vaqti vaqti bilan so’z zaxirangizni maxsus testlar bilan tekshirib turish foydali. Masalan Vocabulary for learners of English saytida so’zl boyligingizni tekshirib borishingiz mumkin, bu qiziqarli.

  1. Har kunlik rejangizni bajaring

Eslatib o’tamiz, o’rtacha inson uchun kuniga 5-10 ta so’z o’zlashtirish yaxshi.  Bu rejangizga aniq amal qilsangiz o’sishni ko’rib o’zingiz hayratda qolasiz.

Asosiysi  —  nazariyadan amaliyotga o’ting. Hozir o’qiganlaringizni amalda qo’llamasangiz hammasi bekor. Shunchaki inglizcha so’zla’ni qanday o’rganish haqida maqolalarni o’qish bilan cheklanib qolavermang. Inglizcha so’zlarni yuqorida ko’rsatilgan usullar bilan o’zlashtiring va ularni kundalik hayotda ishlating.

Bir o’zingiz uchun ingliz tilini o’rganish qiyin kechmoqdami? Sizga ingliz tilini o’rganishda do’stlar va malakali o’qituvchilar kerakmi? Registon o’quv markazi Ingliz tili kurslarini va IELTS kurslarini taklif etadi. Markazimizga qo’ng’iroq qiling, keling, darslrimiz bilan tanishing va qisqa muddatlarda ingliz tilini yetarli darajada o’zlashtirib oling.

 
Xabarni do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
  • 4
    Shares

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *