Ingliz tilini o’rganish uchun mobil ilovalar TOP 10 taligi

Yo’lda ketayotganingizda, navbatda turganingizda bo’sh vaqtingiz bormi? Nega endi bu vaqtni foydali sarflamaslik kerak? Registon o’quv markazi siz uchun ingliz tilini o’rganish uchun asqotadigan eng yaxshi mobil ilovalar TOP taligini taqdim etadi.

1. LinguaLeo
Bu ilovaning eng katta afzalligi bu ingliz tilini o’rganishning o’yin tarzida tashkil etilganligi. Siz o’yinlarni o’ynab yangi bosqichlarga ko’tarilasiz, shaxsiy lug’atingizni boyitasiz.
Bundan tashqari LinguaLeo juda ko’plab materiallar, asarlar, videolar, qo’shiqlarga ega. Zo’r ilova!

Yuklab olish:  Android  IOS


 

2. Duolingo
Ingliz tilini o’rganish uchun mutlaqo bepul ilova, uning ustiga reklamalar ham jonga tegmaydi. Bu ilovadaham ingliz tilini o’rganish o’yin tarzida kechadi, sizni zeriktirmaydi va til o’rganish jarayonini qiziqarli tashkil etadi. Bosqichlardan o’tib borasiz, ballar to’playsiz, agar xato qilsangiz bal yo’qotasiz. Ajoyib ilova!

Yuklab olish:  Android  IOS


 

3. Words
Ingliz tilini mobil ilovada o’rganishni Words ilovasisiz tasavvur qilish ham qiyin. O’z vaqtida Apple kompaniyasi ushbu ilovani tan olgan.
Ilova yangi so’zlarni o’rganish va so’z boyligingizni oshirish uchun ideal asqotadi. Uning bazasida 40 mingta so’z va 330 dars mavjud. Boshlang’ich darslar bepul, keying darslar pullik. Internetsiz ham ishlatish mumkin. Qoyilmaqom ilova!

Yuklab olish:  Android  IOS


 

4. Easy ten
Bu ilova vaqti kam ammo ingliz tilini o’rganishni judayam istaydigan kishilar uchun mo’ljallangan. Ilova har kuni sizga 10 ta notanish so’zni tayyorlaydi va siz ularni o’zlashtirishingiz lozim. Oy ohirida esa so’z boyligingiz 300 taga boyiydi.

Yuklab olishAndroid  IOS


 

5. Memrise
Yana bir eng zo’r deb tan olingan ilova. Bu ilova 1 soatda 44 ta so’z yodlash metodikasiga asosan ishlab chiqilgan. Ilovaning asosiy quroli bu “mem”lar. Ushbu memlar kao’p miqdordagi so’zlarni obrazlar orqali eslab qolish imkonini beradi.
Bundan tashqari ilovada turli audio va video materiallar mavjud.

Yuklab olishAndroid  IOS


 

6. AnkiDroid
AnkiDroid ilovasi yangi so’zlarni o’zlashtirish va yodlab qolish uchun qulay usul, kartochkalarni taqdim etadi. Ilova bazasida 6000 ta tayyor kartochkalar mavjud. Ularni o’zingiz ham mustaqil yaratishingiz mumkin. Kartochkalar barchamizga ma’lumki eslab qolish uchun eng yaxshi vositalar hisoblanadi.

Yuklab olishAndroid  IOS


 

7. FluentU
Ingliz tilini o’rganish uchun eng yaxshi usullardan biri bu ingliz tilidagi mediakontent. FluentU ilovasi aynan shunday ilova. U o’zida juda ko’p filmlar, videoroliklar, audiolar, reality-shoularni mujassam etgan. Siz maroq bilan ana shu videomateriallarni tomosha qilasiz va shu bilan birga ingliz tilini o’rganasiz. Moydali ishni yoqimli ish bilan birlashtirish deb shunga aytiladi.

Yuklab olishAndroid  |  IOS uchun chiqarilmagan


 

8. HelloTalk
Ingliz tilini o’rganishda bu ilovaning alohida o’rni bor. Bu ilova yordamida siz ona tili ingliz tili bo’lgan kishilar bilan suhbatlashishingiz ular bilan chatda muloqot qilishingiz mumkin. Haqiqiy ingliz tilini his qilasiz. Ilovadagi funksiyalar siz xato qilsangiz uni to’g’rilab ketish imkonini beradi, yana nima kerak? Ajoyib ilova!

Yuklab olishAndroid  IOS


 

9. English Grammar test
Ushbu ilova bilganingizdek ingliz tili grammatikasini mustahkamlash uchun. Ilova o’zida 60 tadan testga ega 20 darsni o’z ichiga oladi. Ingliz tili grammatikasini to’liq qamrab oladi. Bitta testdan o’tish orqali bir qancha bo’limlardan o’z xatolaringizni topishingiz va to’g’rilab olishingiz mumkin.

Yuklab olish:  Android  |  IOS uchun chiqarilmagan


 

10. Urban Dictionary
Agar sizning ingliz tilingiz yetarli darajada rivojlangan bo’lsa, unda siz yangi so’zlarni o’rganishingiz kerak. Bu ilovadagi so’zlar ma’nosi ko’plab lug’atlarda topilmaydi. Kamyob, yangi va zamonaviy so’zlar bilan shu ilovada tanishishingiz mumkin.

Yuklab olishAndroid  IOS


Diqqat! Yuqoridagi ilovalardan bepul foydalanish mumkin. Ayrimlarida esa qo’shimcha imkoniyatlar uchun pul to’lanishi mumkin. Pulli variantidan foydalanish esa doim ihtiyoriy.

Agar mobil ilovalar bilan ingliz tilini o’rganish siz uchun kamlik qilsa, unda sizni markazimizga taklif etamiz.

Agar siz IELTSga tayyorgarlik ko’rayotgan bo’lsangiz IELTS imtihonida 8.0 olish uchun 8 qoida nomli maqolamiz bilan tanishing.

“Registon”dan uzoqlashmang, bundan keyin yanada qiziqarli va foydali maqolalarni taqdim etib boramiz.

 
Xabarni do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
  • 8
    Shares

2 thoughts on “Ingliz tilini o’rganish uchun mobil ilovalar TOP 10 taligi”

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *