ielts kurslari yuqori bal

IELTS imtihonida 8.0 olish uchun 8 qoida

ielts kurslariIELTS imtihonini topshirish bo’yicha deyarli barcha tavsiyalar berilgan, hamma xatolar to’g’rilangan, har bir qoidalar haqida qayta qayta gapirilgan.

Shunday bo’lishiga qaramasdan asosiy savolga qaytamiz: o’zingizga kerakli balni olish uchun, o’zingizga ishonch hosil qilish uchun nima qilish kerak?

Umumiy tavsiyalardan biroz chetlashamiz va IELTSdan yuqori bal olgan kishilar tajribasi bilan tanishamiz.

Quyida IELTS Academik modulidan 8.0 bal olgan talaba tajribasidan kelib chiqqan maslahat va asosiy qoidalar bilan bo’lishamiz.

LISTENING

  1. Tashkiliy masalalarni o’ylamang.
    “Nimaga aynan bu masalaga to’xtalganimni tushuntiraman, chunki bu men uchun  juda muhim bo’lgan. Asosan Listening materiallari sifati. Eshitish uchun eshitgan barcha materiallarim, audiolarim, yoki juda past sifatda bo’lgan, yoki daxshatli tushunarsiz bo’lgan. Men bu imtihonda pand beradi deb o’ylardim. Hayotda bunday muammo bo’lmasligi mumkin, suhbat davomida eshitmay qolsangiz, doimo qayta so’rashingiz, sekinroq gapirishini iltimos qilishingiz mumkin. Lekin mening qo’rquvlarim o’zini oqlamadi. IELTS imtihonlarida audiolar juda yuqori sifat darasida edi. Men imtihon paytida javoblarimdan boshqa narsani o’ylaganim yo’q. “
  2. Diqqatingizni ushlab turishni organing.“Listeningda asosiy murakkablik bu diqqatni ushlab turish. Yuqori bal olish uchun diqqat doim yuqori darajada bo’lishi kerak. Bu diqqatni juda oson yo’qotish mumkin, xatto bir necha sekundga hayolingiz chalg’isa buni deb anchagina bal yo’qotasiz. O’ylashimcha IELTS kurslarida men Listeningning qaysi joylarida juda diqqatli bo’lish va qaysi joylarida bo’shashish mumkinligini bilib oldim. Chunki 30 daqiqa davom etadigan Listeningda diqqatni to’liq ushlab turishning imkoni yo’q.  Inson aslida psixologik tomondan diqqat-e’tiborini 15 daqiqadan ortiq ushlab tura olmaydi – 15 daqiqadan keyin chalg’ib ketadi. Shuning uchun testing qaysi joylarida dam olish mumkinligini bilish juda muhim, bu asosiy joyni o’tkazib yubormaslik uchun.”

READING

  1. Kalit so’zlar bilan ishlashni o’rganing.
    “Reading bosqichida menga IELTS kursida o’rgangan asosiy bir qoidam qo’l keldi: kalit so’zlarni toppish va ajratib olish. Boshida almashtirish juda qiyin bo’lgan so’zlarni ajratib oling (masalan qahramon ismi, yoki ilmiy atamalar). Shunda matnni to’liqligicha o’qib chiqish shart bo’lmaydi – kalit so’zlar bilan asosiy mazmunni bilib olish mumkin. Bundan tashqari topshiriqqa qo’yilgan talablarni diqqat bilan o’rganib chiqing. U yerda faqat bitta topshiriq matnni to’liq o’qib chiqishni talab qiladi.Lekin u topshiriq Readingning ohirgi qismida bo’ladi. Bu topshiriqqa, matn sizga tanish bo’lganda kirishasiz. Kalit so’zlarni ajratib olish strategiyasini juda tez qo’llashni boshladim, nafaqat matnlarda balki ilmiy maqolalardaham qo’lladim. Bundan kelib chiqadiki kalit so’zlarni ajratib olish ko’nikmasini doimiy mashq qilasiz.
  1. Publistik va akademik uslubda yozilgan maqolalarni o’qing.
    “Ikkita mezonga to’g’ri keladigan maqolalarni toppish juda muhim. Birinchisi – maqolada imtihonda uchrashi mumkin bo’lgan muammolar haqida gap ketishi kerak (iqtisodiy, siyosiy, ekologik va hokozo). Ikkinchisi – Maqola sizdan imtihonda talab qilinadigan ttildeyozilgan bo’lishi kerak. Men masalan akademik nashrlarni tanlashga harakat qilganman, Forbes yoki Economist kerakli uslubda yozadi, uni shundayligicha, ortiqcha qiyinchiliklarsiz o’zlashtirib olish mumkin. Ayniqsa Forbesni tavsiya qilaman. U jurnalda juda ko’p mavzular IELTS Academic modulida duch keladigan mavzular. Biznes, Texnologiyalar, va Lifestyle bo’limlariga e’tibor bering. Men asosan so’z bo’yligimni kengaytirish, terminlarni topishda foydalanganman.”

WRITING

  1. Taymer – sizning asosiy do’stingiz va yelkadoshingiz.
    “Writing bu men uchun eng qiyin blok hisoblangan. Lekin imtihonda tayyorgarlikka qaraganda osonroq kechdi bu bosqich. Men nafaqat vaqtida balki ertaroq tugatdim. Tayyorgarlik jarayonida topshiriqni hech 1 soat ichida yakunlay olmaganman. Imtihonda esa vaqtida tugatdim va bir hulosaga keldim: agar tayyorgarlik paytida doim aniq vaqtni hisobga olinsa va taymer ishlatilsa, imtihon paytida bu topshiriqni vaqtida bajarish va ishni to’g’ri taqsimlashga juda yordm beradi. Insonni qancha vaqt qolganini hotirjamlik bilan ogohlantirib turilsa bu doim yordam beradi.”
  2. Ko’proq e’tiborni topshiriq sxemasinig o’ziga bering.
    “Writing haqida shuni aytishim mumkinki, bu qism shunchalik tizimlashganki, bu uchun strategiyani yaxshi bilish kerak va unda to’g’ri amal qilish kerak. Strategiyani biz IELTS kurslarida batafsil o’rganib chiqqanmiz, shuning uchun men Writing blokini o’zim o’ylagandan ham ko’ra yaxshiroq topshirdim.”

SPEAKING

  1. Biladigan va bilmaydigan barcha narsangiz haqida gapiring.
    “Speakinda nima bo’lishidan qat’iy nazar GAPIRISH kerak. Sizdan nima so’rashidan qat’iy nazar gapirish kerak. Agar masalani uncha tushunmay qogan bo’lsangiz ham, agar g’oyalaringiz tugagan bo’lsa ham, baribir gapirishni davom ettiring. Chunki fluency and coherence (baholashning bir mezoni) – bu joyda 9 bal olishingiz uchun kutilmagan mavzu bo’lgandaham to’xtovsiz gapirishingiz kerak. Gapni aylantishingiz mumkin, fikrlaringiz tugamay qolishi mumkin… Lekin baribir gapiring!”
  2. Yengil so’zlar va ahamyatsiz birikmalar bilan gapingizni to’ldirmang.
    Gaplaringiz stukturasi juda muhim, ya’ni javobingiz to’liq va tushunarli bo’lishi kerak. Masalan, kirish qismi, bog’lovchi qismlar va so’z birikmalariga ahamyat bering. Ular haqiqatdan og’zaki nutqingizni to’g’ri tashkil etish uchun yordam beradi. English Collocations in Use, kitobini tavsiya qilaman, undan juda ko’p foydalanganman. Umuman bu qo’llanmalar IELTSning barcha qismlari uchun foydali. So’zlarni, so’z birikmalarini o’rganish mobaynida o’zingizda og’zaki nutqani shakllantira borasiz. Doim ushbu so’zlardan foydalanib turish, ularni eslab tuish uchun esa maxsus mobil dasturlardan foydalanishingiz mumkin”.

Imtihonlar, bu o’z o’zidan doim mashaqqatli va og’ir jarayon hisoblanadi. Har bir kishi topshiriqlarga, atmosferaga, savollarga va jarayonga turlicha munosabat bildiradi.

Individual maslahatlar shunisi bilan afzalki, ular shaxsiy tajribadan to’plangan. Agar bir kishining shaxsiy maslahatlarini o’qisangiz va tushunsangiz, demak uning tajribasi siz uchun juda asqotadi.

Agar siz mobil telefondan aktiv foydalansangiz, u holda bizning Ingliz tilini o’rganish uchun mobil ilovalar TOP 10 taligi maqolamiz bilan tanishing.

Agar sizga IELTS imtihonlariga tayyorlov kurslari kerak bo’lsa, Registon o’quv markazi ajoyib imkoniyat taqdim etadi. IELTS kurslarimiz malakali IELTS instruktorlar tomonidan olib boriladi. Kurslar haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

 

 
Xabarni do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
  • 6
    Shares

3 thoughts on “IELTS imtihonida 8.0 olish uchun 8 qoida”

  1. IELTSga kere bo’ladigan so’zlarni yodlash uchun telefonga qanaqa prilojeniyala ishlatsam bo’ladi?

     

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *