Buyuk Britaniya: Bakalavriat va magistratura uchun grant dasturi

Buyuk Britaniya: Bakalavriat va magistratura uchun grant dasturi

Buyuk Britaniyada joylashgan BPP University bakalavriat va magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun grant dasturini e’lon qildi. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Muhlat: 01.07.2018

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma’lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant uchun ajratilgan summa miqdori 18 ming funt sterlingni tashkil qiladi. Ushbu grant faqat 2018-2019-o’quv yili uchun mo’ljallangan. Bu summa 1ta nomzodga ham, 2-3ta nomzodga ham berilishi mumkin (2-3ta nomzodga berilganda taqsimlanadi). Nechta nomzodga berilishi topshirilgan hujjatlardagi ko’rsatkichlarga qarab belgilanadi.

Talablar:

Grantni qo’lga kiritish uchun nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Nomzod BPP universitetida mavjud bo’lgan quyudagi bakalavrlik yoki magistrlik yo’nalishlardan biriga hujjat topshirishi kerak:
    – BSc (Hons) Accounting and Finance
    – MSc Management
    – MSc Management with Finance
    – MSc Management with Project Management
    – International MBA
    – MSc Accounting and Finance
  2. Nomzod o’zi tanlagan yo’nalishga qabul qilish talablariga javob berishi kerak.
  3. Fanlardan o’zlashtirish darajasi a’lo imkon qadar yuqori bo’lishi kerak.
  4. Tanlagan yo’nalishi bo’yicha kelajakda ishlash niyati bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjatlarni topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Onlayn ariza to’ldiring.
  2. CV yuklang.
  3. 500 so’zdan oshmagan insho bilan tanlagan sohangizga va grantga munosib ekanligingizni izohlang

 

Manba: Grantlar.uz