“Eng yaxshi esse” tanlovida qatnashgan o’quvchilarga!

“Eng yaxshi esse” tanlovida qatnashgan o’quvchilarga!

“Eng yaxshi esse” tanlovi bo’yicha barcha esselarni “Registon” o’quv markazining  ona tili va adabiyot o’qituvchilari   tekshirdi.  Tekshirish jarayonida essening barcha talablari hisobga olindi va quyidagi mezonlar bo’yicha tekshrildi:

  1. Mustaqil fikr va original g’oyalar miqdori va sifati.
  2. Imloviy xatolarning miqdori va sifati
  3. Uslubiy xatolarning miqdori va sifati
  4. Grammatik xatolarning miqdori va sifati
  5. Tinish belgilari bilan bog’liq xatolar miqdori va sifati
  6. Fikrlarning mantiqan bog’langanligi hisobga olindi.

Tekshirish jarayonida  har bir  o’quvchining ishi ikki o’qituvchi tamonidan ko’rib chiqildi. Birinchi o’qituvchi essening imloviy, uslubiy, grammatik , tinish belgilari bilan bog’liq  hamda fikrlarning grammatik bog’lanishiga doir xatolar miqdori hamda sifatini tekshirdi.  Xatolarning soni hisobga olindi. Sifati deyilganda o’sha xatolarning takrorlanganligi hamda davomiyligiga e’tibor qaratildi.  Bunday yo’l tutilishining sababi xatoni o’zi bilib, lekin o’sha joyda adashganidan qildimi,  yo uning xato ekanligini bilmaydimi?  Mana shu tamoni hisobga olindi.

Ikkinchi o’qituvchi  tamonidan  har bir essedagi mustaqil fikr  va original g’oyalarning miqdori va sifati aniqlandi.  Tanlangan mavzu ochib berilganligi, originalligi va erkin fikrga asoslanganligi hamda birinchi o’qituvchining  tekshirish natijalarini hisobga olgan holda 100 ballik  tizimda ballar qo’yib chiqildi.

Baholardan ko’ngli to’lmagan mualliflar 26-aprel soat 14:00 gacha yozma murojaat qilishlari kerak. Murojaatlar 27 aprel kuni ko’rib chiqiladi.