“Eng yaxshi esse” tanlovi

“Eng yaxshi esse” tanlovi

Esse- o’quvchining fikrini mustaqil hech qanday reja, qoliplarsiz, ma’lum mavzu bo’yicha bildirishidir. Inshodan farqi shundaki shaxsiy fikr mulohazalar beriladi hamda reja tuzilmaydi. Esse o’quvchiga keng erkinliklar beradi. Tasvirlanayotgan voqea hodisalarga o’z munosabatini , his hayajonini hamda shaxsiy qarashlarini singdiradi.

Esse mavzulari

  1. Vatanim uchun kelajakda nimalar qila olaman?
  2. Men kelajakda kim bo’laman?
  3. Mening hayotdagi qahramonim (idealim).
  4. Mening bilimim – kelajagim kafolati.
  5. Erkin mavzu. (Erkin tanlangan mavzu, I shaxda bo’lishi lozim)

 

Qoidalar

Tanlovda 13 yoshdan 23 yoshgacha bo’lgan barcha o’quvchi yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Ishtirokchi faqat bir mavzu bo’yicha insho yozishlari lozim.

Esse 12 varaqli daftarga yozilishi lozim.

Daftarda qatnashchi haqida bacha ma’lumotlar: Ism va familiyasi, ta’lim mussasasi, telefon nomeri, va boshqa kontaklari bo’lishi lozim.

Hajmi 500 so’zdan kam bo’lmagan esselar qabul qilinadi.

Imloviy va leksik qoidalarga amal qilinishi e’tiborga olinadi.

O’quvchining erkin va tizimli fikrlash darajasi hisobga olinadi.

Mavzuning qanchalik yoritilganligi inobatga olinadi.


Eng yaxshi esse g’olibi “Samarqandga sayohat” aksiyasiga chiptani qo’lga kiritadi.

2-3-o’rin sohiblari esdalik va qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlanadi.

1-o’rindan to 50-o’ringacha bo’lgan esse tanlovlari g[‘oliblari “Nurli kelajak sari” nomli maxsus treningga qatnashish imkoniyatini qo’lga kiritadilar.

50-o’rindan to 200-o’ringacha esdalik sovg’alar bilan taqdirlanadilar.

Esselar 20-aprelgacha “REGISTON” o’quv markazining barcha filiallarida qabul qilinadi.

Tanlov g’oliblari 25-aprelda www.rgn.uz saytida e’lon qilinadi. 6-may kuni barcha g’oliblar taqdirlanadi.

 
Xabarni do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!

One thought on ““Eng yaxshi esse” tanlovi”

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *